O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri O‘zbekistondagi missiyasini yakunlayotgan Saudiya Arabistoni elchisi Yusuf Al-Otaybiy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram kanalida maʼlum qildi.
Tomonlar siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Baxtiyor Saidov elchiga O‘zbekistondagi samarali faoliyati uchun minnatdorlik bildirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122517 | Инструменты