"Toshshahartransxizmat" avtobus haydovchilarining maoshi kechikayotgani bo'yicha munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda avtobus haydovchilarining oylik maoshi kechikayotganligi va to’lovlardagi noaniqliklar xususida haydovchilarning e’tirozi aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko'ra, 8 ta avtobus saroyida ishlaydigan avtobus haydovchilarining oylik maoshlari quyidagi tartibda hisoblanadi:

Ishlangan oy tugagach keyingi oyning 1-sanasidan 10-sanasiga qadar haydovchilarning 1 oyda ishlagan ish soati, bajargan qatnovlar soni, muntazamligi hisoblab tekshiriladi. Keyin esa, haydovchining bir oy davomida yo'nalishda harakatlangan vaqtda sodir etgan qoidabuzarliklari tekshiriladi.

Barcha ma'lumotlar yig'ilgandan so'ng, keyingi oyning 10-sanasidan oylik maoshining aniq hisobi chiqariladi. Shundan so'ng, belgilangan oylik maoshlari haydovchilarga to'lana boshlaydi.

Ta’kidlash kerakki, avgust oyi uchun hisoblangan oylik maoshlari barcha haydovchilarga 15-sentabr kunidan boshlab to’lanishi boshlangan.

Videomurojaatda haydovchilar tomonidan keltirilayotgan e’tirozlarni haqqoniy va to’liq tekshirish maqsadida, “Toshshahartransxizmat” AJning mas’ul xodimlaridan tashkil topgan maxsus ishchi guruh tuzildi. Haydovchilarning barcha e’tirozlari birma-bir tekshirilishi va kamchiliklar kuzatilgan taqdirda tegishli mas’ullarga belgilangan tartibda chora ko’rilishi ta’minlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91915 | Инструменты