Fransiya IIVning Oʻzbekistondagi vakili Toshkentda faoliyatini boshladi

Joriy yilning 17-sentyabr kuni Fransiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Oʻzbekistondagi vakili Siril Guning Toshkentdagi faoliyatini boshladi. Shu munosabat bilan Ichki ishlar vazirligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi rahbariyati bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Siril Gu Fransiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan Markaziy Osiyo davlatlarining huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish uchun masʼul etib belgilanganini maʼlum qildi.

Shuningdek, uning faoliyatini Toshkent shahrida olib borishi Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi huquq-tartibot sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Muloqot davomida Fransiya va Oʻzbekiston ichki ishlar vazirliklari oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, xususan, xodimlarning malakasini oshirish, oʻzaro tajriba almashish hamda yuqori darajadagi oʻzaro tashriflarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar hamkorlikni yanada jadallashtirish va mavjud aloqalarni mustahkamlash boʻyicha birgalikda ish olib borishga kelishib oldilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91917 | Инструменты