O'zbekiston elchixonasida Ispaniyaning "Summer Wind" kompaniyasi bosh direktori Elena Lyedo Gomes va "GSA Spain" kompaniyasi bosh menejeri Mariya Tereza de Dios bilan muzokaralar o'tkazildi.
Muloqot davomida O'zbekiston va Ispaniya o'rtasida turizm aloqalarini yanada rivojlantirish, Toshkent va Madrid o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlarni yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.
Ta'kidlanishicha, ushbu tashabbuslar ispaniyalik sayyohlarning O'zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosiga, jumladan, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga qiziqishi ortib borayotgani bilan bog'liq. Shuningdek, to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlar parvoz vaqtini qisqartirishi va ikki davlat o'rtasidagi sayyohlik oqimini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, bugungi kunda Ispaniya O'zbekistonga kelayotgan sayyohlar soni bo'yicha mamlakatimizga to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlari mavjud bo'lmagan Yevropa davlatlari orasida yetakchi o'rinni egallaydi.
Uchrashuv yakunida tomonlar aviatsiya va turizm sohalarida hamkorlikni kuchaytirish bo'yicha muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120613 | Инструменты