Huawei 1
O'zbekiston Daniya bilan veterinariya va chorvachilik sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradi

Mamlakatimiz elchixonasi (qarorgohi Stokgolm shahrida joylashgan) ko'magida joriy yilning 16-20-iyun kunlari O'zbekiston Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo'mitasi delegatsiyasining Daniyaga xizmat safari tashkil qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

O'zbekiston delegatsiyasi a'zolari safar davomida Daniya Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat kengashi, Daniya ta'sir fondi (IFU) mutasaddilari bilan uchrashuvlar o'tkazishdi. Muzokaralarda veterinariya, chorvachilik, sertifikatsiya va kadrlar tayyorlash sohasida kooperatsiya, yangi loyihalar ishlab chiqish va tajriba almashish kabi yo'nalishlarda hamkorlik istiqbollarini muhokama qilindi.Shuningdek, yurtimiz vakillari "UNIBIO" kompaniyasining Innovatsiya markaziga va "Viking Genetics" korxonasining ishlab chiqarish bazasida bo'lib, mazkur tashkilotlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

"UNIBIO" kompaniyasi bosh menejeri bilan kechgan muloqot chog'ida mamlakatimizda bioprotein ozuqa qo'shimchasini ishlab chiqarish loyihasini ishlab chiqishga kelishib olindi.

"Viking Genetics" kompaniyasining veterinariya bo'yicha rahbari muloqot chog'ida nasilchilik sohasida tajriba almashinish, seleksiya markazini tashkil etish va chorvador-fermerlar malakasini oshirish loyihalarini ishlab chiqish taklifi qo'llab-quvvatlandi.

Bundan tashqari, Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti talabalari uchun "Viking Genetics" laboratoriyalarida qisqa muddatli o'quv-amaliy mashg'ulotlarini tashkil etishga ahdlashildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71805 | Инструменты