Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» klubi SSKA bilan o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Abbosbek Fayzullayev transferi borasida kelishib oldi, deb xabar qilmoqda turkiyalik jurnalist Osman Altunterim o‘z sahifalarida.
Manbaning tasdiqlashicha, armiyachilar klubi o‘zbekistonlik 21 yoshli futbolchi uchun 7 million yevro ishlab oladi.
Fayzullayev SSKA safida 2023 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. 2024/25 yillar mavsumida u moskvaliklar safida barcha turnirlar doirasida 39 o‘yinda maydonga tushib, uch gol urdi va sakkiz golga uzatma berdi. U yakunlangan mavsumda jamoasi bilan Rossiya Kubogi va Rossiya Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71802 | Инструменты