Joriy yilning 20-fevral kuni jabrlangan hindistonlik ishchi-xodimlarning 27 nafariga zudlik bilan tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish ishlari tashkil etilgan.
To‘rt nafar jabrlanganlarga Ohangaron tumani shoshilinch tibbiy markazida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etilib, tez yordam ko‘rsatildi va ahvollari yaxshi bo‘lgani uchun shifoxonadan javob berildi.
23 nafar jabrlanganlarga Olmaliq shahar shoshilinch tibbiy markazida tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish ishlari tashkil etildi.
O‘zbekiston Ixtisoslashtirilgan shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi shifokorlari yordamida bemorlarning 6 nafarida jarrohlik operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Bugungi kunda 6 nafar jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bemorlar Respublika Ixtisoslashtirilgan shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida muolajalarni davom ettiryapti, ahvollari qoniqarli.
Shuningdek, qolgan 17 nafar jabrlanuvchilarga Olmaliq shahar shoshilinch tibbiy markazda tibbiy yordam ko‘rsatilyapti, ahvollari o‘rta va yengil holatda.
Qayd etish kerakki, jabrlanganlarning barchasiga alohida shifokor biriktirilgan, sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Hindistonlik jabrlangan ishchi-xodimlar uchun tezkor tibbiy yordam tashkil etish ishlariga Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ilmiy markaz rahbarlari jalb etilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120413 | Инструменты