O'zbekiston hukumati Saudiya Arabistonidagi dron hujumlaridan havotirda ekanligini bildirdi

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyatning yanada yomonlashuvi yuzasidan fikrini bildirdi. Jumladan, Saudiya Arabistoni Podshohligi hududiga raketa va dron hujumlari munosabati bilan chuqur xavotir bildirmoqda

"Tinch aholiga, fuqarolik va energetika infratuzilmasi obyektlariga qarshi kuch ishlatish bilan bogʻliq, shuningdek, mintaqa davlatlari xavfsizligi va xalqaro kema qatnoviga tahdid soluvchi har qanday harakatlarni keskin qoralaymiz", - deyiladi bayonotda. 

O'zbekiston hukumati xalqaro huquq normalariga, jumladan, davlatlarning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilish tamoyillariga qatʼiy rioya etilishi zarur deb hisoblaydi. 

Yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish faqat siyosiy-diplomatik vositalar orqali, muloqot va oʻzaro hurmat asosida amalga oshirilishi lozimligi ta'kidlandi. 

Tashqi Ishlar vazirligi BMT va mintaqa davlatlarining Yaqin Sharqda keskinlikni yumshatish, mojaroning yanada kengayishining oldini olish va barqaror tinchlik oʻrnatishga qaratilgan saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91221 | Инструменты