Joriy yilning 3-sentyabr kuni Glinka ko‘chasida yer ostidan o‘tgan gaz quvuridan sizib chiqish oqibatida chaqnash sodir bo‘lgan edi.
Bunday holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Toshkent shahar hokimligi topshirig‘iga asosan maxsus ishchi guruh tuzildi. Uning tarkibiga “Veolia Energy Tashkent” MChJ XK, “Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJ, “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali hamda tuman gaz ta’minoti bo‘limlarining tajribali mutaxassislari biriktirildi.
Bugungi kunga qadar o‘rta bosimli gaz quvurlarida 4 ta, past bosimli quvurlarda esa 6 ta gaz sizib chiqish holati aniqlanib, barcha nosozliklar bartaraf etildi. Ayni paytda Glinka ko‘chasida ta’mirlash va tiklash ishlari yakunlanib, yo‘l avtomobillar harakati uchun to‘liq ochildi.
Shu bilan birga, “Hududgazta’minot” AJ va boshqa mutasaddi tashkilotlarning mobil laboratoriyalari tomonidan ko‘chaga tutash hududlardagi muhandislik tarmoqlari ehtimoliy gaz sizib chiqish holatlarini aniqlash maqsadida kompleks tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91215 | Инструменты