O‘zbekistonning 2027-yilgi davlat budjetida ta'lim va tibbiyot sohalariga 176 trillion so‘m ajratiladi

Shavkat Mirziyoyev 2027-yil uchun Davlat budjetining maqsadli ko‘rsatkichlari, asosiy makroiqtisodiy prognozlar hamda budjet-soliq siyosatining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Joriy yil yakunida O'zbekiston iqtisodiyoti kamida 8 foizga o‘sishi, yalpi ichki mahsulot hajmi 200 milliard dollardan hamda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad 5,2 ming dollardan oshishi kutilmoqda. Ushbu erishilgan natijalar iqtisodiyotni rivojlantirishning yangi bosqichiga o‘tish uchun zamin yaratadi. Xususan, 2030-yilga borib yalpi ichki mahsulot hajmini 300 milliard dollarga, kelgusi o‘n yillikda esa aholi jon boshiga daromadni 10 ming dollarga yetkazish maqsad qilingan.

Konstitutsiyada O‘zbekistonning ijtimoiy davlat ekani mustahkamlab qo‘yilgan bo'lib, barcha islohotlarning bosh mezoni inson qadrini ulug'lashga qaratilgan. Iqtisodiy taraqqiyotning samarasi eng avvalo aholi farovonligi yuksalishi, sifatli ta’lim va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengayishida namoyon bo‘lishi lozimligi ta'kidlandi. Davlat budjetining ijtimoiy yo‘naltirilganligi kelgusi yilda ham aynan shu ustuvor maqsadlarga xizmat qiladi.

Taqdimotga ko'ra, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi islohotlarni moliyalashtirish uchun jami 176 trillion so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilmoqda. Budjet loyihasida ta’lim yo'nalishiga o‘tgan yildagidan 14 trillion so‘m ko‘p ya'ni 114,3 trillion so‘m, tibbiyot sohasiga esa o‘tgan yildan 12 trillion so‘m ko‘p ya'ni 61,4 trillion so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111400 | Инструменты