O‘zbekistonda xorijiy qimmatli qog‘ozlar savdosi bo‘yicha yangi qoidalar kuchga kirdi. Endi investorlar xorijiy kompaniyalar aksiyalari va ETF qog‘ozlarini mahalliy elektron platformalar orqali, chet el valyutasida hamda qarz mablag‘larisiz sotib olishlari mumkin bo‘ladi.
Kimlar ishtirok eta oladi? Xorijiy kompaniyalarning aksiyalari, obligatsiyalari va birja investitsiya fondlari (ETF) qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalarni faqat malakali investorlar yoki yuridik shaxslar amalga oshirishi mumkin.
Qaysi qimmatli qog‘ozlar sotiladi? Savdoga faqat Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) reyestriga kiritilgan xorijiy qimmatli qog‘ozlar qo‘yiladi.
Moliyaviy cheklovlar va valyuta. Qimmatli qog‘ozlarni qarz mablag‘lari hisobidan sotib olish qat’iyan taqiqlanadi. Barcha hisob-kitoblar chet el valyutasida olib boriladi.
Raqamli qulaylik. Investitsiya vositachilari bilan shartnomalarni masofaviy raqamli identifikatsiyadan foydalangan holda, to‘liq elektron shaklda tuzishga ruxsat berildi.
Muddatlar. Investorlarning o‘z pul mablag‘larini chiqarib olish bo‘yicha topshiriqlari 3 bank kunidan oshmagan muddatda bajarilishi shart. Xorijiy qimmatli qog‘ozlarni muomalaga kiritish bo‘yicha arizalar esa vakolatli organ tomonidan 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111400 | Инструменты