Huawei 2
O‘zbekistonga 2 oyda 363 mingdan ortiq tojikistonliklar turistik maqsadlarda tashrif buyurdi

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yil yanvar-fevral oylarida 363,4 ming nafar Tojikiston fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga kelgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 74,3 ming nafarga yoki 25,7 % ga oshgan.

2024-yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekistonga kelgan Tojikiston fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:

qarindoshlarni yo‘qlash – 338,7 ming nafar;

sayyohlik – 9,8 ming nafar;

davolanish – 8,7 ming nafar;

xizmat yuzasidan – 3 ming nafar;

tijorat – 2,9 ming nafar;

o‘qish – 298 nafar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga