Malayziya Bosh vaziri Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga kelgan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Oliy martabali mehmon prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan barpo etilgan majmua meʼmoriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan atroflicha tanishdi.

O'zbekistonning ko‘p ming yillik tarixida yuz bergan eng muhim voqealarni o‘zida ifoda etgan ushbu majmua Malayziya delegatsiyasida katta taassurot qoldirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72715 | Инструменты