Huawei 2
17-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

"Penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim" - Prezident O‘zbekiston U-23 jamoasi haqida

"Biz darrov chempionlikni xohlaymiz-da. Birinchi marta jamoaviy sport turidan Olimpiadaga chiqdik. Aslida bu ham katta yutuq. Futbol oson ish emas. Bilasizlarmi, nimadan g‘ururlanaman? Hozir 5-6 futbolchimiz dunyoning mashhur jamoalarida o‘ynamoqda", —deydi davlat rahbari.

Poytaxtda havo ifloslanish darajasi uzoq muddat yashil muhitdan so‘ng bugun yana “qizil” xavf darajasiga qaytdi

Bugun Toshkent havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha dunyoning yirik shaharlari orasida 4-o‘rinni egallab turibdi.

O‘zbekiston prezidenti Qozog‘iston prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi

Davlat rahbari Qozog‘iston prezidentini tavallud kuni bilan chin yurakdan tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh qozoq xalqiga tinchlik va ravnaq tiladi.

Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2024-yilning aprel oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun taklif etilgan ijara narxlarini tahlil qildi.

Mahmud Istamov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoniga rahbar bo‘ldi

Mahmud Istamov 2021-yil yanvarida Buxoro viloyati prokurori lavozimiga tayinlangan, 2024-yil fevral oyida ushbu lavozimdan ozod etilgan edi.

Toshkent shahridagi LED ekranli reklamalarning yorug‘lik darajasi me’yorga keltiriladi

Toshkent shahar aholisi va mehmonlaridan shahar hokimligiga kunning qorong‘u vaqtida Led ekranlaridan chiqayotgan yorug‘lik noqulay ekanligidan shikoyatlar kelib tushgan. Shu sabab hokimlik tomonidan masofadan yorug‘lik o‘lchovchi uskunalar xarid qilingan.

O'zbekistonning yangi elchisi Buyuk Britaniya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi

O'zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Ravshan Usmanov London shahrida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qiroli Charlz III ga ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

DXX noqonuniy qurol saqlash holatlarini aniqladi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida poytaxt hududida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida, Buxoro shahrida tug‘ilgan bir nechta shaxslarning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi. 3 dona Makarov va 1 dona TT pistoleti hamda o‘q-dorilar noqonuniy muomaladan olindi.

Farg'onada mashina yukxonasiga solingan bola bo‘yicha ma’lumot berildi

Viloyat IIBning xabar berishicha, Farg‘ona viloyati hududida bola o‘g‘rilari paydo bo'lgani haqidagi turli xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi.

Rossiyada huquqbuzarlik sodir etib, O‘zbekistonga kelgan fuqarolarga Qozog‘istonga bormaslik tavsiya etildi

Qozog‘iston va Rossiya hukumatlarining maʼmuriy va jinoiy ishlari bo‘yicha qarorlarni tan olish va ijro etishga oid ikki tomonlama kelishuvlari asosida Qozog‘iston chegara va ichki ishlar tizimida yangi tizim joriy etilgan.

O‘zbekiston Afg‘onistondan 1 mln tonnadan ortiq ko‘mir import qilishi mumkin

O‘zbekiston Afg‘onistondan 1 mln tonnadan ortiq ko‘mir import qilish, shuningdek, Mozori Sharifdagi Imom Al-Buxoriy madrasasida qurilish ishlarini boshlash niyatida.

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha beqaror ob-havo saqlanib turadi

Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, baʼzi joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Malayziya Bosh vaziri Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga kelgan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Iyun oyidan ayrim yo'nalishdagi poyezdlarning qo'shimcha qatnovi yo'lga qo'yiladi

Yo‘lovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida iyun oyidan bir qancha yo'nalishdagi poyezdlarning qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Toshkent viloyatida 5 tup ko‘p yillik sharq chinorini kesganlar qamaldi

Sud hukmiga ko'ra, ikki fuqaro 2 yil muddatga, qolganlari 1 yildan ozodlikdan mahrum etish jazosiga tortilgan. Ular tabiatga 247 mln 180 ming so‘m zarar yetkazishgani aniqlanadi.

Soliqlardan eng ko‘p qarzdor qurilish korxonalari ma’lum qilindi

1-may holatiga qurilish sohasida soliq qarzi mavjud bo‘lgan korxonalar soni 968 ta bo‘lib, ularning jami soliq qarzi 820 mlrd so‘mdan ortiqni tashkil etgan.

Toshkentda o‘gay onaning muttasil qiynoqlari va zulmiga chidolmay uydan chiqib ketgan bolaga yordam berildi

Bola “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi”ga joylashtirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga