O‘zbekistonda onlayn ta'lim standartlari mavjudmi?

AOKAda Xalq ta'limi vazirligi boshqarma boshlig'i Doniyor Ermatov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Savol: Onlayn ta'lim standartlari mavjudmi? Onlayn ta'lim qanday mezonlarda olib boriladi? Dars va uy ishi bo'yicha yuklamalar belgilanganmi?

Javob: Videodarslar ta'lim standarti va tayanch o'quv rejasi asosida to'rtinchi chorak mavzularini o'z ichiga qamrab olgan. Dars va uy vazifalari bo'yicha yuklamalar yuqorida aytib o'tilgan hujjatlarga asoslangan.

Shu o'rinda o'qituvchi va ota-onalar o'quvchilarning videodarsda berilgan mavzuni o'zlashtirishlari va uy ishlarini bajarishlarini nazoratga olishlari kerak.

O'qituvchilar qo'shimcha bilim olishni istagan o'quvchilar ota-onalari bilan kelishilgan holda qo'shimcha topshiriqlar berishlari ham mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61106 | Инструменты