O‘zbekistonda 9 oy davomida moped va skuterlar bilan bo'lgan YTHlarda 89 kishi vafot etdi

2026-yilning o‘tgan 9 oyida moped va skuterlar ishtirokida 563 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Ularda 488 kishi tan jarohati olib, 89 kishi vafot etdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

2025-yil davomida moped va skuter boshqargan shaxslar tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq qariyb 300 ta holat aniqlangan. 2026-yilning o‘tgan davrida esa bu ko‘rsatkich qariyb 20 barobarga oshib, 4 312 tani tashkil etgan. Aniqlangan holatlarning 162 tasida moped va skuter haydovchilari hujjatsiz hamda mast holatda bo‘lgan.

Qayd etilishicha, moped va skuterlarga davlat raqami va haydovchilik guvohnomasi talabi yangi joriy etilgan tartib emas. Hukumatning 2024-yil 17-iyuldagi qarori bilan ular uchun alohida davlat raqam belgilari joriy qilingan.

Shuningdek, moped va skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning soddalashtirilgan tartibi belgilangan. 2018-yilda tasdiqlangan talabga ko‘ra, ularni boshqarish uchun A toifali haydovchilik guvohnomasi talab etilgan bo‘lsa, yangi tartibda A1 kichik toifasi joriy qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111709 | Инструменты