Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Fiskal tahlillar instituti xarid cheklarini roʻyxatdan oʻtkazgan fuqarolarga toʻlanadigan 1 foizlik keshbekni bekor qilib, uning oʻrniga davlat lotereyasini joriy etish taklifi bilan chiqdi.
Institut maʼlumotiga koʻra, 2026-yil may oyida to‘langan soliq keshbekining umumiy summasi 146,6 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lib, shundan 15,7 mlrd so‘mi yoki 10,7 foizi top-10 savdo tarmog’iga to‘g‘ri kelgan. Bu esa byudjet hisobidan rag‘batlantirishning salmoqli qismi allaqachon rasmiy sektorda ishlayotgan kompaniyalar mijozlariga taalluqli bo‘layotganini ko‘rsatadi.
Ta’kidlanishicha, byudjet hisobidan rag‘batlantirishga soliq intizomi va soliq madaniyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi vaqtinchalik vosita sifatida qarash kerak.
Bunda institut keshbek o‘rniga faqatgina soliq xavfi yuqori bo‘lgan sohalar: umumiy ovqatlanish korxonalari, kichik chakana savdo obyektlari va boshqalarda ishlovchi kompaniyalarning fiskal cheklarini ro‘yxatdan o‘tkazgan xaridorlar o‘rtasida davlat lotereyalarini tashkil etishni taklif qilmoqda.
Lotereya orqali ragʻbatlantirish byudjet xarajatlarini 100 mlrd soʻmgacha, yaʼni 20 barobarga qisqartirishi kutilmoqda. Ijtimoiy reyestrdagi shaxslar uchun 12 foizlik QQSni qaytarish mexanizmi esa saqlanib qoladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70901 | Инструменты