O‘zbekistonda Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi boshlandi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Islom sivilizatsiyasi: tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li” mavzusidagi I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi boshlandi.

Forum 7–11 iyul kunlari Toshkent, Samarqand va Termiz shaharlarida o‘tkaziladi.

Anjuman O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Imom Moturudiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Islom olami ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti – ICESCO hamkorligida tashkil etilmoqda.

Unda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan kelgan 300 nafarga yaqin martabali mehmonlar – davlat va jamoat arboblari, vazirlar, muftiylar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari va ulamolar ishtirok etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70722 | Инструменты