Nyu-Yorkda oʻtayotgan BMTning Oliy darajadagi siyosiy forumida Oʻzbekistonning suv sohasidagi islohotlari yuqori baholandi. UN-Water platformasi 2026-yilda «Toza suv va sanitariya» yoʻnalishida eng katta natijaga erishgan uchta davlatdan biri sifatida Oʻzbekistonni eʼtirof etdi.
Xususan, Oʻzbekistonda suv stress koʻrsatkichi 2017-yildagi 169 foizdan 2022-yilda 122 foizgacha pasayib, 47 punktga kamaydi.
BMT Taraqqiyot dasturi Oʻzbekistonning suv xoʻjaligidagi qisqa muddatli natijalari va innovatsiyalarini yuqori baholab, hamkorlikni kengaytirishini bildirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71003 | Инструменты