Huawei 1
Misrdan "S" gepatitiga qarshi dori vositalarining uchinchi partiyasi O'zbekistonga yetib keldi

Misr hukumati tomonidan beg'araz taqdim etilgan "S" gepatitiga qarshi dori vositalarining uchinchi partiyasi O'zbekistonga yetkazib berildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Mamlakatimiz elchixonasi va Misr Sog'likni saqlash vazirligi rahbariyati o'rtasida o'tkazilgan muzokaralar natijasida erishidgan kelishvlvrga binian, umumiy qiymati 114.829 ming AQSh dollari bo'lgan 28 dona qutidagi 7440 dona "S" gepatitiga qarshi "Sofosbuvir-400mg" dori vositalarining 2025 yildagi uchinchi partiyasi Sharm ash-Shayxdan Toshkentga "UzAirways" aviakompaniyasi ko'magida olib kelindi.

Mazkur dori vositalari O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish institutiga taqdim etildi va ular shifotalab bemorlar o'rtasida taqsimlanadi.

O'zbekistonning Qohiradagi elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, Misr hukumati tomonidan 2023-2024-yillar davomida ushbu virusiga qarshi vazni 12.4 tonna bo'lgan "Daclatasvir" va "Sofosbuvir" dori vositalarining 27 ta partiyasi mamlakatimizga yetkazib berilgan. Mazku dori vositalarining umumiy qiymati 1.4 million dollarni tashkil etadi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61620 | Инструменты