2024 yilning kuz oylarida Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida harakatlanish soatiga 60 km etib belgilangan Paxtaobod-Yangiobod yo‘lida 118 km/soat tezlikda harakatlanib borayotgan mashina yo‘l chetidagi ikki nafar maktab o‘quvchisini urib yuborgan. Oqibatda bolalar vafot etgan. Bugunga kelib haydovchiga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
Maʼlum bo‘lishicha, 24 yoshli haydovchi otasining mashinasida katta tezlikda harakatlanib, o‘zidan oldingi avtomashinadan o‘zib ketish uchun rulni keskin burib yuborgan va yo‘l chetiga chiqib ketib, ikki maktab o‘quvchisining o‘limiga sababchi bo‘lgan. Sudda marhumlarning vakillari maʼnaviy zarar o‘rniga suddan adolat so‘ragan.
Haydovchiga nisbatan Jinoyat ishlari bo‘yicha Sardoba tumani sudi sudyasi Jamshid Maʼmurov tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 3 yil muddatga avtotrasport vositalari boshqarish huquqini cheklagan holda, 8 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61205 | Инструменты