“Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida axborot texnologiyalari yo'nalishiga ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog'ini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (364-son, 14.06.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab axborot texnologiyalari yo'nalishi bo'yicha tayanch maktab etib belgilandi.
Tayanch maktab va filiallarga rahbar kadrlar 2 bosqichli, pedagog kadrlar 3 bosqichli tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
Filiallarga o'quvchilar tayanch maktab uchun belgilangan tartib asosida saralab olinadi.
Filiallarda o'quvchilar uchun autsorsing asosida belgilangan tartibda bepul sog'lom ovqatlantirish tashkil etiladi.
Filiallar zamonaviy talablarga muvofiq plastik qoplamali (HPL panel) sinf stoli, plastik qoplamali egri yelimlangan fanerali sinf stullari bilan jihozlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61701 | Инструменты