17 iyul kuni soat 01:31 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Avayxon ko‘chasida joylashgan podstansiya ichida transformator yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 01:37 da yetib borib, yong‘in soat 02:06 da o‘chirildi.
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71723 | Инструменты