Jizzaxda uy va unga tutash qurilish mollari do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi

4-mart kuni soat 17:16 da Jizzax shahar “Oqqo‘rg‘onlik” mahallasi Y.Aliyev ko‘chasi 5-uy va ushbu yashash xonadoniga tutash bo‘lgan qurilish mollari do‘konida yong‘in bo‘lgan. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi

5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 17:24 da yetib borib, yong‘in soat 18:30 da o‘chirilgan.

Hodisa natijasida yashash uyining taxminan 24 kv/m maydonda tom va shift qismi hamda savdo do‘konining 48 kv/m qismi va qurilish materiallari yongan.

Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida fuqarolarning tan jarohati olishi va halok bo‘lish holatlari kuzatilmagan. Yong‘inning sababi va zarari aniqlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72711 | Инструменты