Jinoyatchilik inson omilisiz nazorat qilinadi: Oʻzbekistonda Yagona kriminogen maʼlumotlar platformasi yaratiladi

Joriy yil 6-noyabr kuni Prezident kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash sohasida raqamli nazorat, tahlil va prognozlash tizimini joriy etish to‘g‘risidagi farmonni qabul qildi.

Belgilanishicha, sohada Yagona kriminogen ma’lumotlar platformasi ishlab chiqiladi va ishga tushiriladi. Portal orqali jinoyatlarning obyektiv va subyektiv sabablari, mas’ul idoralar, mansabdor shaxslar hamda bartaraf etish choralarining elektron reyestri yuritiladi. Ko‘rilgan choralar natijalari inson omilisiz oylik, yarim yillik va yillik nazorat qilinadi.

Shuningdek, ushbu poratl orqali mahallalar va jinoyatchilik dinamikasi og‘ir hududlarga vaziyatni barqarorlashtirish nazarda tutilgan xabarnomalar yuboriladi.

2027-yil yakunigacha Toshkentning Olmazor tumanida Platforma sinov tariqasida ishga tushiriladi. 2028-yildan respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Har yili quyidagilar tashkil etiladi:

- aholi o‘rtasida milliy viktimologik so‘rov;
- aholining xavfsizlik hissi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ishonchi bo‘yicha ijtimoiy so‘rov;
- yoshlar, voyaga yetmaganlar, ayollar, muqaddam sudlangan va probatsiya hisobidagi shaxslar, “qizil” toifadagi mahallalar hamda boshqa masalalar bo‘yicha manzilli kriminologik tadqiqotlar tashkil etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110921 | Инструменты