Bir necha yildan buyon baxtli yashab kelayotgan N.Qahhorovaning eri vafot etib, bir nafar farzandi bilan yolg‘iz qolgan. Turmush o‘rtog‘ining vafotidan keyin ota-onasining xonadoniga qaytgan ayol voyaga yetmagan farzandi uchun aliment undira olmagan.
Ayolning arizasi Byuroning Romitan tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan. Aliment undirib ololmagan ayol birga yashagan vaqtda xarid qilingan va eriga tegishli bo‘lgan “Damas” avtomashinasi ham qaytonasida qolib ketganini ham bildirgan.
«Turmushdagi umumiy mulkdan o‘z ulushini sud orqali olishi kerak bo‘lgan ayol o‘z haq-huquqini talab qila ololmagan. Byuro aralashuvi bilan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudi ijro varaqasiga asosan qarzdor qaynotadan undiruvchi N.Qahhorovaning foydasiga avtomashina bo‘yicha o‘zi va voyaga yetmagan farzandining ulushi hisoblandi. 67 million so‘mdan ziyod mablag‘ qonuniy asoslarda ayolga to‘liq undirib berildi»,-dedi MIBning Buxoro viloyati boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta inspektori Ixtiyor Olimov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50600 | Инструменты