O'zbekiston ilk marta “Yilning eng yaxshi huquq o‘qituvchilari” ko‘rik - tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda respublika bo‘yicha 10 mingga yaqin "Davlat va huquq asoslari" fani o‘qituvchisi qatnashdi.
Respublika bosqichida ishtirok etgan 42 nafar o‘qituvchidan 3 nafari ko‘rik tanlov g‘olibi bo‘ldi.
Tanlovda “Eng yaxshi notiq” va “Eng yaxshi taqdimot” nominatsiyalari bo‘yicha 3 nafardan peshqadamlar ham aniqlandi.
Tanlovda birinchi o‘rinni Samarqand viloyati Jomboy tumani 28-maktab o‘qituvchisi Dilobar Odilova egalladi va diplom, 30 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi o‘rin egasi Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani 1-maktab o‘qituvchisi Mehriniso Norovaga diplom va 20 million so‘m, uchinchi o‘rinni olgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani 16-maktab o‘qituvchisi Azat Baymuratovga diplom va 10 million so‘m pul mukofoti berildi.
Tanlovning boshqa sovrindorlari ham munosib taqdirlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50522 | Инструменты