Huawei 1
1972 yili Veneraga uchirilgan zond yaqin kunlarda Yerga qulaydi

1972 yilda Venera sayyorasini tadqiq qilish uchun uchirilgan sovet Kosmos-482 koinot kemasi 53 yillik sayohatini yakunlamoqda va 10 may kuni atrofida Yerga nazoratsiz qulashga tayyorlanmoqda.

Live Science xabariga ko‘ra, sun’iy yo‘ldoshlar kuzatuvchisi Ralf Vandeberg tomonidan olingan yangi suratlar zond ortida qandaydir obekt borligini ko‘rsatmoqda. Katta ehtimol bilan u muvaffaqiyatsiz qo‘nish chog‘ida ochilib ketgan parashyut bo‘lishi mumkin.

«Venera» dasturining bir qismi bo‘lgan Kosmos-482 sayyoraning jazirama yuzasiga qo‘nishi kerak edi, biroq «Soyuz» raketasidagi nosozlik tufayli kema ikki qismga bo‘linib ketdi. Asosiy modul 1981 yilda atmosferada yonib ketdi, qo‘nuvchi modul esa elliptik orbitada qoldi. Og‘irligi taxminan 500 kg va diametri 1 metr bo‘lgan modul ekstremal sharoitlarda omon qolish uchun mo‘ljallangan. Bu esa unga Yer atmosferasiga qayta kirish paytida yonib ketmaslik imkonini beradi.

Biroq, Vandebergning qayd etishicha, zond parashyutli bo‘lsa ham, uning yoshi va fazodagi sharoit hisobga olinsa, Yerga qulab tushishi sekinlashishi dargumon.

Zondning qulab tushadigan joyi noaniqligicha qolmoqda: 52 daraja qiyalikdagi orbita Yevropadan Avstraliyagacha bo‘lgan hududlarni qamrab oladi. Lekin katta ehtimol bilan zond okeanga qulaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50600 | Инструменты