Kuni kecha futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining o‘ninchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu turda kutilmagan natijalar qayd etildi. Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi o‘z uyida “Navbahor”ga imkoniyatni boy berdi. “Paxtakor” safardan 3 ochko bilan qaytdi. “Andijon” esa yana bir bor mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.
Quyida ushbu turda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:
16 may: “Surxon” — “So‘g‘diyona” 2:1
17 may: “Buxoro” — “Dinamo” 2:2
17 may: "Qo‘qon —1912" — “Nasaf” 0:2
17 may: “Sho‘rtan” — “Andijon” 1:0
18 may: “Bunyodkor” — “Navbahor” 2:3
18 may: “Xorazm” — “Mashʼal” 3:0
18 may: “Qizilqum” — “Paxtakor” 0:3
19 may: OKMK — “Neftchi” 2:2
Turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish olgan:
Alpha version: 0.9.1.19 build 52101 | Инструменты