Huawei 1
Farg‘onada 3 mlrd so‘mga yaqin tabiiy gazni o‘g‘irlagan AGTKSH aniqlandi

Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida “Turvat” sanoat tarmog‘idan tabiiy gaz bilan taʼminlanuvchi “N. I. B.” MCHJga qarashli mazkur AGTKSHda gazdan foydalanish holati o‘rganilganda, o‘lchov tizimidagi qurilmalarga tashqi taʼsir o‘tkazilgani aniqlandi.

Holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi.

Aniqlanishicha, 2mlrd 901 mln so‘mlik zarar hisoblandi.

Mazkur ish bo‘yicha barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61618 | Инструменты