Huawei 1
Mers: Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerak

Germaniya kansleri Fridrix Mers 15 iyun, yakshanba kuni ertalab Ummon sultoni va bosh vaziri Xaysam bin Tariq Al Said bilan telefon orqali suhbatlashdi. Mers Eron «hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerak», deb aytdi, deyiladi suhbatdan so‘ng Germaniya hukumatining rasmiy bayonotida.

Ikkala tomon ham endi maqsad Yaqin Sharqda mojaro avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘lishi kerak degan fikrga keldi. Bundan tashqari, Fridrix Mers va Xaysam bin Tariq Isroil va Eron o‘rtasidagi ziddiyatni hal qilishga yordam berish uchun diplomatik vositalardan foydalanishga tayyor ekanini tasdiqladi.

Germaniya bosh vaziri, shuningdek, Ummon sultoniga Eron yadroviy dasturi bo‘yicha Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik qilgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Isroilning Eronga uyushtirgan zarbalari ortidan Germaniyadagi Isroil va yahudiy obektlarida xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Mers bu haqda 15 iyun kuni Kanadadagi G7 sammitiga uchishdan oldin ma’lum qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61701 | Инструменты