Energetika vazirligida tizimli muammolar va dolzarb vazifalar muhokama qilindi

Energetika vazirligida Prezident Administratsiyasi, Bosh prokuratura va hokimliklar ishtirokida kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi. Unda sohadagi oʻtkir muammolar tanqid qilinib, aniq vazifalar belgilandi:

Poytaxtdagi avariyaviy oʻchishlar sababini aniqlash uchun maxsus komissiya tuzildi. Yuqori harorat sharoitida tarmoqlar barqarorligini taʼminlash va call-markazlar faoliyatini kuchaytirish topshirildi.

Korrupsiya uchun sudlangan barcha xodimlar ishdan boʻshatiladi. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari tizim rahbarlari toʻliq attestatsiyadan oʻtkaziladi. Shuningdek, sohada korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tahlil qiluvchi maxsus kengash tashkil etilishi maʼlum qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70700 | Инструменты