“Raqamga buyurtma berish” xizmati joriy etildi

O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining mobilraqam.uzex.uz elektron savdo tizimida istalgan raqamga elektron buyurtma berish xizmati joriy etildi.

Yangi xizmat elektron savdo tizimida ro‘yxatdan o‘tgan xaridorlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular uyali aloqa operatorini tanlagan holda o‘zlari istagan raqamga elektron buyurtma yuborish imkoniyatiga ega.

Unga ko‘ra, agar uyali aloqa operatori buyurtma qilingan raqam mavjudligini tasdiqlasa, mazkur raqam belgilangan tartibda mobil raqamlar onlayn-auksion savdolariga chiqariladi.

Mazkur mexanizm mobil raqamlar onlayn-auksionini yanada rivojlantirish, xaridorlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, savdo ishtirokchilari sonini kengaytirish hamda onlayn-auksionlardagi savdo hajmini oshirish maqsadida joriy etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70114 | Инструменты