Bolalar ombudsmani ham Namangandagi holat bo'yicha aybdorga umrbod qamoq jazosi berilishini qo'llab-quvvatladi

Bolalar ombudsmani Namangandagi holat bo'yicha qo'shimcha munosabatini bildirdi. Ombudsmanning qayd etishicha, Prezident Administratsiyasi rahbarining rivojlangan demokratik davlatlar qonunchiligini o‘rganish va shu tajriba asosida O'zbekistonda bunday jinoyatlar uchun javobgarlikni keskin kuchaytirish bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.

"Bolalar ombudsmani pozitsiyasi qat’iy: bolalarga nisbatan og‘ir jinsiy jinoyatlarni (nomusga tegish, jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) sodir etgan shaxslarga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi joriy etilishi lozim",-deya yoziladi munosabatda.

Ta'kidlanishicha, bunday jinoyat oqibatida bolaga yetadigan ziyon darajasi va uning jamiyat uchun ijtimoiy xavfliligi aslida odam o‘ldirishdan kam emas. Bola jismonan omon qolsa-da, uning ruhiyati, bolaligi va kelajagi umrbod jarohatlanadi.

Mazkur pozitsiya Bolalar ombudsmanining Parlamentga kiritgan Maxsus ma’ruzasida ham tahlillar asosida bayon etilgan. Xorijiy tajriba ham buni tasdiqlaydi: qo‘shni Qozog‘iston va Qirg‘izistonda bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanadi.
Avvalroq, bu holat bo'yicha opa-singil Mirziyoyevalar ham o'lim jazosi yoki umrbod qamoq jazosi qo'llanilishinitaklif qilishgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 93000 | Инструменты