“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalaridan ruxsatnoma olish talab etiladi
O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylarni ruxsatnomasiz qurish uchun javobgarlik kuchaytirildi. Prezident 28-sentyabrda imzolagan qonun bilan qurilish sohasida davlat nazorati va boshqaruvini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalaridan ruxsatnoma olish talab etiladi.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylarni qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasisiz qurish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.
Shuningdek, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish odam o‘lishiga yoxud boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach, kuchga kiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92913 | Инструменты