Toshkent metrosidan foydalangan 1 mln 200 minginchi yo‘lovchiga bir yillik bepul transport kartasi berildi

28-sentabr kuni Toshkent metropoliteni tarixida ilk bor bir kunda 1 million 200 mingdan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatildi. Shu kuni metrodan jami 1 200 124 nafar yo‘lovchi foydalandi, deya xabar qildi Toshkent metropoliteni.

Mazkur natija munosabati bilan metropoliten mas’ul xodimlari ishtirokida 1 200 000-yo‘lovchini aniqlash bo‘yicha maxsus tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida ushbu ko‘rsatkichni qayd etgan yo‘lovchiga metropoliten jamoasi nomidan esdalik sovg‘asi hamda bir yil davomida jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi maxsus transport to‘lov kartasi topshirildi.

Metropoliten ma’muriyati qayd etilgan natija Toshkent shahri aholisi va mehmonlarining metro xizmatlariga bo‘lgan ishonchi va talabining ortib borayotganidan dalolat berishini ta’kidladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 93020 | Инструменты