Shuningdek, keyingi yildan rasmiy daromadga ega bo‘lgan shaxslarga ishlamaydigan oila a’zolari ish stajiga ega bo‘lishi uchun har oy ijtimoiy soliq to‘lash huquqi beriladi
Pensiya ta’minotiga oid ko‘rsatiladigan xizmatlar 2027-yilgacha interaktiv va proaktiv shaklga o‘tkaziladi. Prezident Davlat pensiya ta’minotiga oid zamonaviy xizmatlarni joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Proaktiv- biror voqea yoki muammo yuzaga kelishini kutmasdan, uni oldindan bashorat qilib, vaziyatni boshqarish va o'z vaqtida harakat qilishni anglatadi
Pensiya ta’minotiga oid quyidagi xizmatlar fuqarolardan alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda ko‘rsatiladi:
- 2026 yil 1 noyabrdan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga umumiy belgilangan yoshdan ikki yil avval yoshga doir pensiya tayinlash;
- 2027 yil 1 yanvardan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash.
Keyingi yildan “Mening pensiyam” onlayn xizmati doirasida pensiya yoshiga bir yil qolgan fuqarolar oldindan xabardor qilinadi.
Shuningdek, 2027 yil 1 yanvardan Pensiya jamg‘armasi tomonidan fuqarolardan qog‘oz shaklidagi hujjatlar hamda ma’lumotlarni qabul qilish amaliyoti bekor qilinadi. Quyidagi xizmatlar fuqarolarning xohishiga ko‘ra, interaktiv shaklda ko‘rsatiladi:
1 oktyabrdan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida faoliyatni amalga oshiruvchilar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan miqdordagi ijtimoiy soliq to‘laganda, ularga bir yil ish staji avtomatik hisoblanadi.
Shuningdek, 2027 yil 1 yanvardan rasmiy daromadga ega bo‘lgan shaxslarga ishlamaydigan oila a’zolari ish stajiga ega bo‘lishi uchun har oyda ixtiyoriy ravishda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 12 foizi miqdorida ijtimoiy soliq to‘lash huquqi beriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 93019 | Инструменты