Bekzot Mavlonov O‘zbekiston prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Shu munosabat bilan u Prezident administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari lavozimidan ozod etildi.
Bekzot Mavlonov o‘z faoliyati davomida huquq-tartibot organlarida xizmat qilgan. 2017-yilda u bosh prokuror o‘rinbosari sifatida ham ishlagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80411 | Инструменты