O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Isroilning mamlakatimizdagi elchisi sifatidagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Zehavit Ben Hillelni qabul qildi.
"Mamlakatimizda to'rt yillik diplomatik missiyasini yakunlayotgan Isroilning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Zehavit Ben Hillel xonimni qabul qildik. Elchi xonimga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz", – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida.
Zehavit Ben Hillel 2020 yildan buyon Isroilning Toshkentdagi elchixonasini boshqarib kelmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71213 | Инструменты