O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida jami 4 869 ta obyekt o‘rganildi. Shundan 595 tasi issiqxona xo‘jaliklari (Toshkent viloyatida — 381 ta, Toshkent shahrida — 214 ta), 2 265 tasi ijtimoiy soha obyektlari hamda 1 998 tasi sanoat va qurilish korxonalarini tashkil etdi. Har bir obyektda profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida atmosfera havosini muhofaza qilishga oid qonunchilik talablari buzilgan holatlar aniqlanib, ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi. Ayrim xo‘jaliklarda zararli kimyoviy, fizik va biologik moddalarning havoga chiqarilishi holatlari qayd etildi.
Natijada, dudburonlardan foydalanish qoidalarini buzgan 58 ta issiqxona xo‘jaligiga ma’muriy jarima qo‘llanildi, 106 ta xo‘jalikning faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Shuningdek, 387 ta holat bo‘yicha ekologik talablarni bajarish hamda plyonka, avtoshina va o‘simlik qoldiqlarini yoqilg‘i sifatida ishlatmaslik yuzasidan rasmiy ogohlantirish xatlari yuborildi.
Ayni paytda nazorat va monitoring tadbirlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.


