Endi fuqarolar tibbiyot muassasasiga rejali tibbiy yordam olish uchun yo‘llanmasiz, o‘z tashabbusi bilan murojaat qilgan taqdirda, xizmatlar belgilangan tartibda pullik asosda ko‘rsatiladi.
Hukumatning 2025-yil 11-noyabrda qabul qilgan 718-son qarori bilan “Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida pullik xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, fuqarolar tibbiyot muassasasiga rejali tibbiy yordam olish uchun yo‘llanmasiz, o‘z tashabbusi bilan murojaat qilgan taqdirda, xizmatlar belgilangan tartibda pullik asosda ko‘rsatiladi.
Davlat tomonidan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida kafolatlangan bepul xizmatlar paketiga kirmaydigan tibbiy xizmatlar qo‘shimcha hisoblanadi va ular uchun to‘lov undiriladi.
Mijozlar tibbiyot muassasasining ro‘yxatga olish bo‘limida qabul qilinadi va ularning ma’lumotlari asosida tibbiy karta yuritiladi. Pullik xizmatlar faqat oldindan to‘liq to‘lov amalga oshirilgach ko‘rsatiladi.
Shuningdek, bemorlar tasdiqlangan narxnoma bo‘yicha haq to‘laganidan so‘ng, mutaxassis shifokor qabuliga yoki instrumental-laboratoriya tekshiruviga yuboriladi.
Tekshiruv natijalari asosida esa bemorga tor soha mutaxassisi ko‘rigi yoki ambulator yoki statsionar sharoitda davolanish choralari belgilanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111317 | Инструменты