Huawei 1
Aprel oyida 7 802 nafar fuqaroga ijtimoiy to‘lovlar tayinlab berildi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 2025-yil aprel oyida pensiya tayinlash uchun ish stajiga ega bo‘lmagan 7 802 nafar fuqaroga nafaqa, moddiy yordam va kompensatsiya pul to‘lovlari tayinlab berildi. Jumladan:

1 119 nafar fuqaroga – yoshga doir nafaqa;
2 694 nafar fuqaroga – nogironlik nafaqasi;
710 nafar oilaga – boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi;
2 098 nafar fuqaroga - nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi;
912 nafar fuqaroga – parvarishlash nafaqasi;
228 nafar fuqaroga - o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy yordam;
41 nafar fuqaroga - uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlari tayinlab berildi.

Ma’lumot uchun: 2025-yil mart oyida 7 479 nafar fuqaroga nafaqa, moddiy yordam va kompensatsiya pul to‘lovlari tayinlab berilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50619 | Инструменты