Huawei 1
Toshkent va Pokiston poytaxti o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent va Pokiston poytaxti Islomobod shahri o‘rtasida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishini eʼlon qildi.

Xabarga ko‘ra, 14 iyundan boshlab Toshkent – Islomobod – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

Parvozlar shanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi (mahalliy vaqt ko‘rsatilgan):

- Toshkentdan jo‘nab ketish 08:50, Islomobodga yetib borish 10:50;

- Islomoboddan jo‘nab ketish 11:50, Toshkentga yetib kelish 13:50.

Avvalroq, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent va Pokistonning Lohur shahri o‘rtasida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ygan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50623 | Инструменты