Huawei 1
Toshkent va Navoiyda 2 mrd so‘mlik taqinchoq va oltin quymalar kontrabandasi to‘xtatildi

Maʼlum qilinishicha, “Toshkent-Aero” Ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabandaga qarshi kurashish shuʼbasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tezkor tadbir davomida, Abu-Dabidan uchib kelgan fuqaroda taxminiy qiymati 610 mln so‘mlik, 226 gramm og‘irlikdagi zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Ushbu fuqaro "Toshkent Xalqaro Aeroporti"ning tashqarisida shu reys bilan uchib kelgan yo‘lovchilardan o‘ziga tegishli bo‘lgan zargarlik buyumlarini yig‘ib olib, avtotransport vositasiga joylab ketayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan to‘xtatib qolingan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, “Navoiy” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro belgilangan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Shaxsiy ko‘rik natijasida fuqaroning tanasidan umumiy og‘irligi 1 028 gramm bo‘lgan quyma tilla bo‘laklari aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Matbuot xizmati xabar qildi.

Ashyoviy dalil sifatida olingan mazkur oltin buyumlarining umumiy qiymati 1 mlrd 312 million protsessual tashkil etgan.

"Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishli protsessual harakatlar amalga oshirilmoqda",- deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50623 | Инструменты