2022-yil davomida tadbirkorlik subyektlaridan Biznes-ombudsmanga jami 9 850 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, 4 319 ta holatda (48 foiz) tadbirkorning huquqlari tiklandi, qolgan murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi. Bu haqda Biznes-ombudsman axborot xizmati rahbari Jamshid Hasanov ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashi ha, kelib tushgan murojaatlar xususiyatlari bo‘yicha tahlil etilganda:
- 18 foizi soliqqa oid;
- 14 foizi yer, kadastr va arxitektura bilan bog‘liq;
- 14 foizi bank, kreditga bog‘liq;
- 9 foizi infratuzilmaga oid;
- 6 foizi sud va boshqa masalalaridagi murojaatlarga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, tadbirkorlarga nisbatan sodir etilgan 20 928 ta qonunbuzilishi holatlari yuzasidan 2 591 ta ta’sir chorasi qo‘llanilgan. Shundan, 2 126 nafar mansabdor va mas’ul shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirildi va 5,1 mlrd so‘m jarima qo‘llanilgan.
Ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarning hususiyatlari bo‘yicha:
- 797 ta holatda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish;
- 675 ta holatda tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirish;
- 414 ta holatda davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlarini buzish;
- 240 ta holatda boshqa huquqbuzarliklarga to‘g‘ri keladi.
Aniqlangan va ko‘rilgan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarning aksariyati Namangan viloyatida 243 tani, Samarqand viloyatida 205 tani, Toshkent shahrida 189 tani va Qashqadaryo viloyatida 183 tani tashkil etgan.
Ushbu ko‘rsatkich sohalar kesimida Sanepid xizmati tizimida 321 ta, Soliq idoralarida 250 ta, Qurilish vazirligi tizimida 194 ta va Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tizimida 179 taga to‘g‘ri keldi.
Shu bilan birga, o'tgan yilda tadbirkorlar manfaatlarida 51,3 milliard so‘mlik da’volar kiritildi.
Amalga oshirilgan ishlar natijada noqonuniy qabul qilingan 198 ta qaror va hujjat bekor qilinib, 123 nafar mas’ul shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi, tadbirkorlarning 436 gektar yer maydoniga bo‘lgan mulk huquqlari tiklandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30604 | Инструменты