Soliq qoʻmitasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan keshbekka oid xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Qoʻmitaga koʻra, davlat tomonidan joriy etilgan 1 foizlik keshbek tizimini bekor qilish yoki uni cheklash rejalashtirilmagan.
Shu bilan birga, ayrim fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan soxta yoki haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan cheklar orqali asossiz ravishda keshbek olishga urinish holatlari aniqlangan.
May oyining oʻzida respublika boʻyicha 389 ta korxona cheklari orqali QQSni qaytarib olishga uringan 248,5 ming nafar shaxs shubhali xaridorlar reyestriga kiritilgan. Natijada 83,1 mlrd soʻmlik keshbek toʻlovi vaqtincha toʻxtatilgan.
Bundan keyin ham soxta cheklar orqali keshbek olmoqchi boʻlganlar bloklanadi: ular shubhali xaridorlar reyestriga kiritilib, keshbek toʻlovlari toʻxtatib qoʻyiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71000 | Инструменты