Sog'liqni saqlash xodimlariga ko'p yillik mehnati uchun ustama to'lanadi
“Sog'liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–4847-son, 02.10.2020 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra:
- Sog'liqni saqlash vaziri o'rinbosari – Toshkent shahar sog'liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig'i lavozimi joriy etildi;
- Sog'liqni saqlash vaziri o'rinbosari – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori lavozimi tugatildi.
Qarorga muvofiq:
- Qoraqalpog'iston Respublikasi sog'liqni saqlash vaziri va viloyatlar sog'liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari sog'liqni saqlash vaziri tomonidan tegishlicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi va viloyat hokimlari bilan kelishilgan holda;
- hududiy tibbiyot muassasalari rahbarlari esa sog'liqni saqlash vaziri hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi va viloyat hokimlari bilan kelishilgan holda viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi.
2020 yil 1 noyabrdan Sog'liqni saqlash vazirligi va hududiy boshqaruv organlari xodimlariga quyidagi miqdorda ko'p yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama to'lanadi (rag'batlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):
- 1 yildan 3 yilgacha – 0,3;
- 3 yildan 5 yilgacha – 0,6;
- 5 yildan 10 yilgacha – 0,8;
- 10 yildan 15 yilgacha – 1;
- 15 yildan 20 yilgacha – 1,2;
- 20 yildan yuqori – 1,5.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71502 | Инструменты
Барча тиббиёт ходимларига устама туланадими хамшира сантирка врач га