Shuningdek, 15 noyabrdan aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishning "LPG-Trade" MCHJ uchun belgilangan chegaraviy narxi QQS bilan birga bir kilogramm uchun 1 300 so‘mni tashkil etadi. Ayrim ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga esa gaz xaridi uchun kompensatsiya ajratiladi.
2026 yil 15 noyabrdan boshlab aholiga suyultirilgan gazning bir kilogrammi 5 ming so‘mdan sotiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 31 oktabrdagi qarori bilan belgilandi.
Hujjatga muvofiq, aholini suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. Bunda respublikada ishlab chiqariladigan va import qilinadigan suyultirilgan gaz faqat fond birjalari orqali sotiladi.
Aholiga davlat tomonidan belgilangan imtiyozli narxlarda gaz yetkazib berish uchun "Hududgazta’minot" ta’sischiligida "SNG-Treyd" MCHJ tashkil etilgan.
Shuningdek, 15 noyabrdan aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishning "LPG-Trade" MCHJ uchun belgilangan chegaraviy narxi QQS bilan birga bir kilogramm uchun 1 300 so‘mni tashkil etadi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga 2030 yil 1 yanvarga qadar sotib olingan suyultirilgan gazning har bir kilogrammi uchun 3 ming so‘m miqdorida kompensatsiya beriladi. Biroq kompensatsiya oyiga ko‘pi bilan 20 kilogramm gaz uchun ajratiladi.
Bunday yordam «Ijtimoiy reyestr»ga kiritilgan oilalarga, reyestr mezonlariga javob beradigan va jon boshiga o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlarining ikki baravaridan oshmaydigan oilalarga, shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar tarbiyalanayotgan oilalarga beriladi.
Qaror 2026 yil 31 oktyabrdan kuchga kirgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110316 | Инструменты