Huawei 1
O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish yo‘lidagi muzokaralari yakuniy bosqichga kirdi

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish masalasida yana uchta davlat bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda Prezidentning JST bo‘yicha vakali Azizbek Urunov LinkedIn‘dagi sahifasida maʼlum qildi

Uning qayd etishicha, Argentina, Avstraliya va Gonduras bilan ikki tomonlama protokollarni imzoladi.

Hozirga qadar O‘zbekiston JST aʼzoligi uchun 29 davlat bilan kelishuvga erishilgan, yana 2 ta aʼzo prinsipial rozilik bildirgan. Ikki tomonlama muzokaralarni to‘liq yakunlash uchun yana 3 ta davlat qolgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91912 | Инструменты