Huawei 1
Saudiya Arabistoni va yadro quroliga ega Pokiston oʻzaro mudofaa shartnomasini imzoladi

Saudiya Arabistoni va Pokiston o‘zaro mudofaa shartnomasini imzoladi, deb xabar bermoqda Reuters.

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon kelishuv imzolangandan so‘ng darhol quchoqlashdi. Uchrashuvda mamlakatning eng qudratli shaxsi hisoblangan Pokiston armiyasi rahbari Asim Munir ham ishtirok etdi.

Shartnomaga ko'ra, bir tomonning hujumi ikkalasiga ham hujum deb hisoblanadi. Yadro quroliga ega va musulmon davlatlari orasida eng katta armiyaga ega Pokiston uzoq yillardan beri Saudiya Arabistoni armiyasiga harbiy maslahatchilar va mutaxassislar yuborib, ta’lim, texnik yordam va mudofaasini mustahkamlashda yordam berib kelmoqda.

Ar-Riyodning taʼkidlashicha, kelishuv koʻp yillik muzokaralar va “uzoq yillik hamkorlikning institutsionallashuvi”ning yakuni boʻlgan va aniq voqealar bilan bevosita bogʻliq emas. Ayni paytda arab monarxiyalari so‘nggi paytlarda Qo‘shma Shtatlarning o‘z xavfsizligining kafolati sifatida harakat qilish qobiliyatini shubha ostiga qo‘ymoqda.

Hindiston Tashqi ishlar vazirligi Saudiya-Pokiston kelishuvining milliy xavfsizlik va mintaqaviy barqarorlikka taʼsirini oʻrganishini maʼlum qildi.

“Hukumat milliy manfaatlar va keng qamrovli xavfsizlikni himoya qilishga sodiq qoladi”, dedi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Randhir Jaysval.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91818 | Инструменты